Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Shahram Ahadov xalqaro turnir sovrindori
21:11 / 2025-09-27

Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahrida  dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan Gran-Pri turkumidagi xalqaro turnirning ikkinchi kunida mahoratli dzyudochimiz Shahram Ahadov muvaffaqiyatga erishdi.

Mukofot jamg‘armasi 100 ming yevrodan iborat turnirda -73 kilogrammda kurash olib borgan Ahadov saralash bahslarida Turkiya va Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolarini mag‘lub etdi. Yarim finalda tojikistonlik Ahmadzod Ma’sudiyni dog‘da qoldirdi.

Oltin medal uchun kechgan final bellashuvida yaponiyalik Yudai Tanaka bilan ro‘baro‘ keldi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi. Ahadov 2-o‘rinni egallashi ortidan jahon reytingi uchun 490 ochkoga ega chiqqan holda xalqaro reytingdagi o‘rnini (4-o‘rin) mustahkamladi.

Bugun, 28 sentyabr nufuzli turnirning so‘nggi kungi bellashuvlarida "Parij-2024" Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov tatamiga chiqadi. U xalqaro turnirning ilk bellashuvida Xitoy va Xitoy Taypeyi juftligi g‘olibi bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur  Gran-pri turnirida 26 ta davlatning 200 nafar dzyudochisi ishtirok etmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA