French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Shahram Ahadov jamoasi Turkiya chempionati sovrindori
16:37 / 2025-12-28

Istanbul shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tkazilgan Turkiya chempionatida bot-bot O‘zbekiston nomi yangrab turdi.

Mamlakatning 16 ta dzyudo klubi g‘oliblik uchun kurash olib borgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni, Islom birdamligi o‘yinlari oltin va bronza medali sohibi Shahram Ahadovning mazkur musobaqada Istanbulning "Galatasaroy" klubi safida qatnashishi natijasida yurtimiz nomi ko‘p bor tilga olindi. 

Murosasiz kechgan bellashuvlar davomida Shahram olti marta raqiblarini mag‘lub etib, "Galatasaroy"ning sovrindor jamoalar qatoridan joy olishiga munosib hissa qo‘shdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, chempionlik Turkiyaning "Kocayeli" klubiga nasib etgan bo‘lsa, kumush medallarni "Galatasaroy" dzyudochilari qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA