English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: "Parij-2024"ning ilk nomzodlari Xorazmda saralanadi
09:04 / 2021-10-01

Bugun 1 oktyabr kuni Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslari boshlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 200 nafardan ziyod mahoratli dzyudochilari uch kun davomida Urganch tatamilarida 14 ta vazn toifasida mamlakat kubogining medallari hamda har bir sportchi milliy terma jamoadagi o‘z munosib o‘rinlarini egallash uchun bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, dzyudo bo‘yicha "Parij-2024" o‘yinlarida qatnashishi mumkin bo‘lgan kuchli sportchilarni ilk aniqlash musobaqasi mazkur kubok bahslari bo‘lsa, joriy yilning dekabr oyida Toshkentda o‘tadigan mamlakat chempionati Fransiya olimpiadasi yo‘lida “jang” olib boradigan bo‘lg‘usi olimpiyachilarning ilk nomzodlarini belgilab beradi.

O‘zbekiston kubogi bahslari joriy yilning 3 oktyabriga qadar davom etadi.  

 

T. Ro‘ziyev,

O‘zA