Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Ozarbayjonda O‘zbekiston bayrog‘i yuksaldi
09:15 / 2024-05-06

Ozarbayjonning Gyoygyol shahrida dzyudo bo‘yicha poyoniga yetgan "Yevropa kubogi-2024" musobaqasida uch marta O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, bir marta madhiyamiz baralla yangradi.

14 mamlakatning 323 nafar dzyudochisi ishtirokidagi turnirda iste’dodli murabbiy Tohir Fayziyev yetakchiligida 4 nafar o‘smir sportchimiz tatamiga chiqdi. Ularning 3 nafari sovrindorlar qatoridan joy egalladi. 

Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Muhammadali Sa’dullayev -81 kilogramm og‘irlikda bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa kubogining ilk kunida terma jamoamiz a’zolaridan Bahrom Asatov oltin, Shodiyor Shavkatov bronza medali sohibi bo‘lgan edi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA