Dzyudo: Osiyo chempionatining ikkinchi kuni 4 ta medal qo‘lga kiritildi
Qozog‘istonda dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ortda qoldi. O‘rta vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, -73 kilogramm vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev qozog‘istonlik Daniyar Shamshayevga, -70 kilogramm vazn toifasida Gulnoza Matniyozova yaponiyalik uch karra jahon chempioni Yoko Onoga finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Shuningdek, yana ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun bahsni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Kumush medal:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
Bronza medal:
-73 kg: Obidxon No‘monov
-70 kg: Shohista Nazarova.
O‘zA