Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Olimpiya o‘yinlari sovrindori Bobonov 13 oylik tanaffusdan keyin katta sportga qaytdi
10:27 / 2025-09-27

Bugun, 27 sentyabr kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo‘yicha boshlanayotgan “Prague European Open-2025” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar dzyudochisi medallar uchun kurashlarga kirishadi.

35 ta davlatning 405 nafar dzyudochisi qatnashayotgan “Prague European Open-2025” turnirining dastlabki saralash musobaqalarida dzyudochilarimiz quyidagi raqiblariga qarshi tatamiga chiqadi:

48 kg: Halimajon Qurbonova – Konul Aliyeva (Ozarbayjon)

-52 kg: Muhayyo Ahmatova – Erin Seynxeyv (Belgiya)/ Polin Kyuk (Fransiya)

-57 kg: Shukurjon Aminova – Vera Raspe (Niderlandiya)/ Tatanilla Abraham (Vengriya)

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva – Viktoriya Lis (Polsha)

-60 kg: Bahrom Boturov – Jeyson Vong (Niderlandiya)

-73 kg: Zamohshari Bekmurodov – Viktor Mrovjinski (Polsha)

-73 kg: Abdurahim Nutfulloyev – Ofek Rahamim (Isroil)

-90 kg: Nurbek Murtazoyev – Yakub Pogorali (Chexiya)/ Ivan Kutenkov (Ukraina)

-90 kg: Davlat Bobonov – Marat Krijananskiy (Ukraina)/ Roy Sivan (Isroil)

-90 kg: Arslonbek Tojiyev – Artyom Bubir (Ukraina)

+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Fedir Yaroshenko (Ukraina).

Ikki kun davom etadigan nufuzli musobaqada 13 oylik tanaffusdan so‘ng “Parij-2020” Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonovning yana katta sportga qaytishi o‘ziga xos voqelik bo‘ldi.

Aytish lozim, mahoratli dzyudochimiz D.Bobonov “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlaridan keyin deyarli musobaqalarda ishtirok etmagan edi. U Praga bahslarining ilk saralash musobaqasida Marat Krijananskiy (Ukraina)/ Roy Sivan (Isroil) juftligi g‘olibi bilan ro‘baro‘ keladi.

Dunyo dzyudo ishqibozlari nigohi Praga musobaqalari bilan bir paytda, Xitoyning Shandun provinsiyasi Sindao shahrida o‘tayotgan Gran-Pri turkumidagi turnirga ham qaratilganki, mazkur musobaqada 26 ta davlatning 200 nafar dzyudochisi qatorida hamyurtlarimiz Shahram Ahadov hamda Alisher Yusupov bahslarda ishtirok etishga hozirlanmoqda.

Bugun Sh.Ahadov -73 kilogramm og‘irlikda g‘oliblik uchun bahslarga kirishadi. Terma jamoamiz a’zosi ilk bellashuvni Xitoy va Turkiya dzyudochilari qarama-qarshiligida g‘olib chiqqan sportchi bilan bahs olib boradi.

"Parij-2024" Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov xalqaro turnirning ertangi dasturida tatamiga chiqadi. U Xitoy va Xitoy Taypeyi juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA