Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Moskvada o‘tgan turnirda faxriylarimiz birinchi o‘rinni egalladi
10:23 / 2023-05-29

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda Jamshid Fayziyev murabbiyligidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jamoaviy bahslarda oltin medallarga ega chiqdi.

O‘n yettinchi bor tashkil etilgan xalqaro turnirning jamoalar o‘rtasidagi musobaqa finalida hamyurtlarimiz Rossiya terma jamoasi bilan 1-o‘rin uchun kurashdi. Shiddatli o‘tgan bellashuvlarda vakillarimiz musobaqaning oltin medallarini va xalqaro turnir kubogini qo‘lga kiritdi.

Faxriy sportchilardan Bahrom Inoyatov, Timur Xudoyqulov, Umid Abdullayev, G‘iyosjon Boboyev, Rustam Saidov, Farrux Boboyev, Faxriddin Sharipov, Dilshod Choriyev, Hamid Otajonov terma jamoamizning umumiy g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.  

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA