Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: «Katta dubulg‘a» turnirida ikki dzyudochimiz medallar uchun kurashadi
14:00 / 2025-02-01

Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yangi mavsumning ilk musobaqasi boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 50 ta davlatidan jami 298 nafar dzyudochi medallar uchun bahslashmoqda. Quvonarlisi, turnirda mamlakatimiz sharafini Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va O‘tkirbek To‘raboyev (+100 kg) himoya qilmoqda.

Bugun, 1 fevral kunidan o‘rin olgan bellashuvlarda ikki nafar polvonimiz tatamiga chiqadi. Aniqrog‘i, Bahrom Baturov ozarbayjonlik Huseyn Allahyarov bilan kuch sinashsa, Shahram Ahadov saralash bosqichida Hong Nin Mak (Gonkong) va Jerom Zelman (Kot-d'Ivuar) bahsi g‘olibiga qarshi jang qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA