Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlik Isroilda olib borilmoqda
14:35 / 2022-07-26

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi shu kunlarda Isroil davlatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Marko Shpitka va Muqaddas Kubeyeva murabbiyligidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Isroil terma jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.  

Mazkur yig‘in dzyudochi qizlarimiz uchun kelasi oy Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlari hamda Qozog‘iston mezbonlik qiladigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tashi bilan ahamiyatlidir.

Isroil mashg‘ulotlarida terma jamoamiz a’zolaridan Gulnur Muratbayeva (48), Diyora Keldiyorova (52), Sita Kadambayeva (52), Nilufar Yermaganbetova (57), Mamlakat Sultonova (63), Farangiz Hojiyeva (63), Shohista Nazarova (70), Gulnoza Matniyazova (70) va Shirinjon Yo‘ldosheva (+78 kg) taklif etilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.

T.Ro‘ziyev, O‘zA