Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Diyora Ulan-Batorda sovrindor bo‘ldi
17:08 / 2023-06-23

Shu kunlarda Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan Batorda dzyudo bo‘yicha 44 ta mamlakatning 350 nafarga yaqin sportchilari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kungi bellashuvlari hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova 52 kilogramm og‘irlikda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.  

Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda Birlashgan Arab Amirliklari vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.  

Ushbu natija Diyora Keldiyorova uchun jahon va "Parij-2024" Olimpiadasi reytingi uchun 500 ochko jamg‘arish imkonini taqdim etdi.  

Eslatib o‘tamiz, 25 iyunga qadar davom etadigan mazkur turnirda 5 nafar dzyudochimiz sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA