Dzyudo: “Chirchiq Cup-2026” xalqaro turnirida 7 ta davlat vakillari qatnashdi
Yangi yilning ilk kunlarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida o‘tgan “Chirchiq Cup-2026” xalqaro dzyudo turnirida 7 ta davlatning yosh sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.
2011–2013 yillar hamda 2014–2016 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Quvayt, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Tojikiston kabi davlatlardan kelgan 800 nafardan ortiq yosh sportchilar murosasiz bellashuvlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.

Yoshlar va o‘smirlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralash, tanlash vazifasini o‘tagan turnir yakunida Toshkent viloyati dzyudochi yoshlari umumjamoada yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA