Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Chempionatning ilk kunida jizzaxliklar peshqadam
12:00 / 2025-11-02

Chirchiq shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatida hududiy birinchiliklarda sovrindorlikka erishgan mahoratli sportchilar ishtirok etmoqda.

Kecha chempionatning birinchi kunida o‘g‘il bolalar -60, -66, -73 kilogrammda, qizlarda -48, -52 va -57 kilo og‘irlikda kechgan bellashuvlarda tatamiga chiqdi.

Murosasiz kechgan birinchi kungi bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Jizzax viloyat terma jamoasining to‘rt nafar a’zosi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, o‘tkazilgan musobaqalarda o‘g‘il bolalardan Toshkent shahri vakili Shohjahon Davlatov, Toshkent viloyati jamoasi a’zosi Ismoil Nishonboyev va Bunyod Safarov, samarqandlik Nigina Umirzoqova o‘z vazn toifasida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Bugun, 2 noyabr kuni chempionatning so‘nggi kunida o‘rta va og‘ir vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA