English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” musobaqasi yakunlandi
11:42 / 2026-01-26

Shu kunlarda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida qator sport turlari bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Viloyat sport boshqarmasi, dzyudo federatsiyasi, Bo‘ston tumani hokimligi hamkorligida tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida 13-14 yoshli qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida dzyudo musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yosh, iqtidorli sportchilarni aniqlash, saralash hamda ularni professional sportga jalb etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqalarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 250 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etib, 10 ta vazn toifasi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘z vazn toifasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida esa o‘g‘il bolalar o‘rtasida Jalaquduq tumani vakillari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi, uchinchi o‘rinlar Asaka tumani va Andijon shahri jamoalariga nasib etdi. 

Qizlar musobaqasida birinchi o‘rinni Marhamat tumani yosh dzyudochilari qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Andijon shahri, uchinchi o‘ringa Izboskan tumani vakillari sazovor bo‘ldi. 

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, tegishli medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

F. Ubaydullayev, 

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari