Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: Alisher Yusupov jamoasi Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi
09:12 / 2025-11-23

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tkazilgan “Champions League 2025” turnirida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘z klublari safida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jahon dzyudosining yetakchi vakillari qatnashgan mazkur turnirda Qozog‘istonning "Jenis" klubi tarkibida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shahzodxo‘ja Sharipov, Shahram Ahadov va "Parij-2024" Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev g‘oliblik uchun kurash olib Shuningdek, yana bir mahoratli sportchimiz, "Parij-2024" Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov Fransiyaning "Pari-Sen-Jermen" klubi safida harakatlandi.

Shiddatli kechgan bellashuvlarda tarkibida Alisher Yusupov kurash olib borgan "Pari-Sen-Jermen" jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligiga erishdi. Ushbu jamoa finalda Serbiyaning "Red Star" jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

Muzaffarbek To‘raboyev, Shahram Ahadov va Shahzodxo‘ja Sharipovlarning jamoasi "Jenis" klubi Yevropa Chempionlar Ligasi bronza medallariga ega chiqdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA