English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: 5 ta vaznda mamlakat chempionlari aniqlandi
10:18 / 2022-03-11

Xabar berganimizdek, Samarqandda dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida davom etayotgan O‘zbekiston chempionatining birinchi kunida 5 ta vaznda g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida jam bo‘lgan 2002-2003 yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqmoqda. Chempionatda 480 nafar saralangan sportchilar qatnashmoqda.
Kecha musobaqaning birinchi kunida qizlar 48, 52, 57 og‘irlikda, o‘g‘il bolalar 60 va 66 kg. vazn toifalarida tatamida bahs olib borishdi.

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

QIZLAR
48 kg.
1. Halima Qurbonova (Xorazm)
2. Maqsuda Bekjanova (Xorazm)
3. Gulhayo Jo‘rayeva (Qashqadaryo)
3. Fotima Tursunboyeva (Namangan)

52 kg.
1. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
2. Muhabbat Nasimjonova (Namangan)
3. Muhayyo Ahmadova (Qashqadaryo)
3. Farog‘at Nurmamatova (Qashqadaryo)

57 kg.
1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Yeliza Bahodirova (Buxoro)
3. Bonu Avliyoqulova (Buxoro)
3. Dilfuza Ibragimova (Toshkent viloyati)

O‘G‘IL BOLALAR
60 kg.
1. Timur Bobomurodov (Toshkent viloyati)
2. Kamoliddin Baxtiyorova (Qashqadaryo)
3. Zamaxsharif Bekmurodov (Buxoro)
3. Sobirjon Karimov (Buxoro)

66 kg.
1. Bahrom Atoyev (Buxoro)
2. Aziz Ortiqov (Navoiy)
3. Shohjahon Rahimov (Toshkent viloyati)
3. Suhrob Saidov (Toshkent viloyati)
Eslatib o‘tamiz, bugun va ertaga qolgan vaznlarda O‘zbekiston chempionlari hamda sovrindorlari aniqlanadi. Ushbu yosh toifasida saralangan sportchilar kelgusida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod sportchilar sifatida jalb etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA