Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: 12 ta mamlakat terma jamoasi Toshkentda jam bo‘ldi
10:09 / 2023-08-31

Shu kunlarda poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida mamlakatimiz sportchilari bilan birgalikda Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Quvayt, Finlyandiya, Gretsiya, Moldova, Tanzaniya va Isroil davlatlarining 400 nafarga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tadigan "Katta dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik vazifasini o‘taydigan mazkur xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mamlakatimiz dzyudochilari, shuningdek yana bir qator terma jamoalar uchun "Xanchjou-2022" Osiyo o‘yinlari oldidan muhim bosqich vazifasini o‘tashi bilan ahamiyatli.  

Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchilari, jahon va qit’a chempionatlarining sovrindorlarini jamlagan Toshkent mashg‘ulotlari 7 sentyabrga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev,

O‘zA