English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi
14:07 / 2022-03-29

Samarqand shahrida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro 2015 yilda mahalliy MCHJga issiqxona qurishi uchun shahar hududidan ajratilgan 50 sotix yer maydoniga nisbatan egalik huquqini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 60 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan mazkur MCHJ ta’sischisi ham qo‘lga olindi.

Ishtixon tumanida yashovchi, 1997 y.t. fuqaro esa bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning ish boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, mazkur xo‘jalikning 8,5 gektar lalmi yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 84 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi meva va sabzavotlarni qadoqlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbari 21 sotix yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1982 y.t. fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan mahalliy MCHJga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1 mln. 900 ming AQSH dollari talab qilib, 12 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida yashovchi, 1980 y.t. fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga o‘zini go‘yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida faoliyat yurituvchi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning rahbari sifatida tanishtirib, ushbu xo‘jalikning 244 gektar yer maydonini yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida auksion savdolari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. Evaziga 250 mln. so‘m olgan vaqtida DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari 15 gektar yer maydonini 38 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, xaridordan avans sifatida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida, boshqa holatda esa 1971 va 1989 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan ikki fuqaro Yangiyer shahri hududidagi 3 gektar yerni tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 9 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.