Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX va IIV tuzilmalari mamlakatimiz miqyosida “Antiterror-tozalash” tadbirlarini olib bordi
21:20 / 2025-01-31

O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakatimiz miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. 399 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.  

536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.  

Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi.  

Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.

O‘zA