Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX va IIV hamkorligida jinoyatchilikka barham berilmoqda
11:36 / 2026-01-26

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida mamlakatimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, uyushgan jinoyatchilik va giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi joriy yilning 20 yanvaridan boshlab o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahrida yashovchi, 1980 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs shartli xaridorga 200 g “gashish” moddasini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, narkosavdogar ushbu pul mablag‘idan 6,9 mln so‘mini 1989 y.t. hamshahariga bergan vaqtida u ham ushlanib, uning yonidan 500 g “gashish” moddasi olindi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa holatda esa Bekobod tumani hududida “Cobalt” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Toshkent shahrida yashovchi, 1973 y.t. shaxsning yonidan 600 g “opiy” moddasi olindi. 

U mazkur giyohvandlik vositasini Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. tanishidan 5 ming AQSH dollari hamda 5 mln so‘mga sotib olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada bekobodlik narkosavdogarning yashash xonadonidan 
1 kg 47 g “opiy” hamda uning 2 nafar jinoiy aloqalaridan esa 335 g “opiy” moddasi olindi. 

Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.