Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Samarqand viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi
12:16 / 2021-12-21

Toshkent viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi xodimi hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning norasmiy egasi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumani hududida joylashgan mazkur MCHJga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan 13,7 gektar unumdor yer maydonini xaridorga 3 mln. 425 ming AQSH dollariga sotishga kelishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida, ular so‘ralgan puldan 500 ming
AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi.

Xususan, Mirzaobod tumanida yashovchi, muqaddam ikki marotaba firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga hokimiyat tizimida ishlovchi tanishlari orqali 20 gektar yer maydoni olib berish evaziga, undan 70 ming AQSH dollari so‘rab, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Guliston shahrida yashovchi, 1990 y.t., maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs 1998 y.t. fuqaro bilan o‘zaro kelishib, uning nomiga bog‘dorchilik, chorvachilik va baliqchilik tashkil etish uchun ajratilgan 20 gektar yer maydonini 19 ming AQSH dollariga sotishni rejalashtiradi. Ular so‘ralgan puldan 15 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlandi.

Xuddi shu kabi Boyovut tumanida ham 1979 y.t. mahalliy fuqaro o‘zganing nomidagi fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydonini xaridorga 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 y.t. fuqaro muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun hozirda ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganligiga qaramasdan, yana qing‘ir yo‘lga kiradi.
Mazkur shaxs qurilish firmasi vakilining ishonchiga kirib, unga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun mansabdor tanishlari orqali Mingbuloq tumani markazidan 5 sotix yer maydoni olib berish evaziga 24 ming AQSH dollari talab qiladi.

U oldindan 12 ming dollar hamda 32 mln. 250 ming so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Yana bir holatda Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalanib, 1975 y.t. fuqaro bilan kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, unga tuman tibbiyot birlashmasining foydalanilmayotgan omborxona binosini olib berishni va’da qilishadi va evaziga 10 ming AQSH dollari so‘rashadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular oldindan 5 ming dollar olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/ZJrOcddKRg8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>