French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Sirdaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi
12:09 / 2024-01-30

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi hamda «O‘zenergoinspeksiya» xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan faol tadbirda, Boyovut tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirishga ixtisoslashgan MCHJ tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida mazkur shoxobchada gaz hisoblagich uskunasidan tashqari baypas liniyasi orqali tabiiy gazga ulanib, uni mijozlarga sotib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.  

«O‘zenergoinspeksiya»ning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 41 mln. 666 ming m3 gazdan noqonuniy foydalanish natijasida MCHJ tomonidan davlat manfaatlariga 62 mlrd. 488 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.  

Hozirda holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zA