DXX sambo jamoasiga teng keladigani topilmadi
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida O‘zbekiston Respublikasi "Dinamo" jismoniy tarbiya sport jamiyati kengashining jismoniy tarbiya jamoa a’zolari o‘rtasidagi an’anaviy 34-spartakiadada sambo bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibida faoliyat olib borayotgan sportchilar 13 ta jamoa safida, 7 ta vazn toifasida bellashdi.

Jumladan, mazkur musobaqada D.Ro‘ziyev (DXX), M.Umarbekov (DXX CHQ), U.Mo‘minov (IIV), A.Aminov (IIV), D.Bobonov (PDXX), J.Mamadrahimov (DXX) va A.Yusupov (DXX) kabi sportchilar o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Spartakiadaning sambo bahslari yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida DXX jamoasi birinchi o‘rinni band etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda PDXX va IIV jamoalariga nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA