Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Samarqandda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
10:06 / 2022-03-28

Sifatsiz dori va farmatsevtika maxsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi shubhasiz.

Turli sharoitlarda va belgilanmagan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tayyorlangan sifatsiz dori vositalari shifo o‘rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin. Afsuski, ayrim kimsalarni odamlar salomatligidan ko‘ra, mo‘may daromad qiziqtiradi.  

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilga T.E. 434 quti “Vobenzim-E” dori vositasini xorijdan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda olib kirib, Samarqand shaxrida yashovchi fuqaroga sotmoqchi bo‘ldi. 

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida fuqaro T.E. 12200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 
Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

O‘zA