DXX: Samarqandda 10 kilo “opiy” giyohvandlik moddasi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi xodimlari jalb qilingan holda giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir chog‘ida Urgut tumani yashovchi fuqaro – 1992 yilda tug‘ilgan Q.A. Jizzax viloyati Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi, 1983 yilda tug‘ilgan K.K.ga 2 kilo “opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib Q.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida 8 kilo “opiy” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA