English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Qashqadaryoda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:52 / 2022-04-23

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Kitob tumanida yashovchi fuqaroning Suriyaga ketishining oldi olindi.

Xususan, 1998 y.t. “Q.T.” 2020-2021 yillar davomida Rossiya Federatsiyasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularni qo‘llab-quvvatlagan. 

Jumladan, u “Tik-Tok”, “Likee”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Abu-Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning “jihod”, “hijrat” hamda “shahid”likka chorlovchi ma’ruzalarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan. 

Shuningdek, 2021 yilning dekabr oyida RFdan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng, hamqishloqlari orasida ham oqim g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan. 

Bundan tashqari, “Q.T.” Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda ko‘rsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali ularning safiga borib qo‘shilishini rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “Q.T.” tomonidan tarqatib kelingan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlanadi.

Hozirda “Q.T.”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.