Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
18:38 / 2024-10-15

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1966 y.t. A.X. 100 dona oltin tangalarni Andijon shahrida yashovchi, 1963 y.t. E.S.ga 67 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida, ularning ikkalasi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tangalar ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gr. bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897-1911 yillar oralig‘ida bosib chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln. so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida “Nikolay” tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirg‘iz Respublikasining O‘sh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.