English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Oqdaryoda 4,8 gektar yerning noqonuniy savdosiga chek qo‘ydi
08:00 / 2022-02-18

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamkorligida Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tumanda yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zi rahbarligidagi “Oqdaryo Mashrabbek” fermer xo‘jaligi hisobidagi 4,8 gektar yer maydonini 45 ming AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotishni va keyinchalik hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirganligi ma’lum bo‘ldi. 
Joriy yilning 16 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda fermer mahalliy fuqarodan talab qilingan (maxsus ishlov berilgan) pulning 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Hozirda M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
 

O‘zA