Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1978 y.t. ayolning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Aldov yo‘li bilan qizlarni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Turkiya davlatiga yuborish ortidan mo‘may daromad topishni odat qilgan ushbu ayol navbatdagi o‘ljasi bo‘lgan – Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1999 y.t. va Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 2002 y.t. ikki nafar qizni Toshkent-Istanbul aviayo‘nalishi bo‘yicha yubormoqchi bo‘lgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida ushlandi.
Boshqa holatda esa o‘z jigarbandini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Xususan, 1996 yil Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug‘ilgan, hozirda Guliston shahrida yashovchi ayol o‘zining 2021 yil 3 iyun kuni tug‘ilgan qiz farzandini Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi ayolga 15 ming AQSH dollariga sotishni reja qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
<iframe width="1904" height="800" src="https://www.youtube.com/embed/HeXqdJxJAro" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
O‘zA