Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Oʻzbekiston chegara qoʻshinlari yirik miqdordagi psixotrop moddalarni toʻxtatib qoldi
15:36 / 2019-09-15

Ushbu psixotrop moddalar “Fantom-4” rusumidagi “dron”dan foydalanilgan holda oʻtkazilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi DXX chegara qoʻshinlari xabar berishicha, 14-sentyabr kuni tunda Toshkent viloyati Toshkent tumani Oqtosh qoʻrgʻoni hududida noqonuniy oʻtkazilgan 600 plastinka (har bir plastinkada 10 ta tabletkadan) “Tramadol” psixotrop dori vositalari toʻxtatib qolingani maʼlum boʻldi.

 Ushbu psixotrop moddalar “Fantom-4” rusumidagi “dron”dan foydalanilgan holda oʻtkazilgan.

Hozirda psixotrop moddalarning toʻxtatilish holati boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.