Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Namangan viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari bartaraf etildi
17:33 / 2023-11-22

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti hamda «O‘zenergoinspeksiya» viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda Namangan shahridagi tikuvchilik faoliyatiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Unda MCHJ mas’ullari tomonidan elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulangan holda foydalanib kelinishi natijasida 422 mln 897 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Namangan shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchasi binosida elektr energiyasidan foydalanishning qonuniyligi yuzasidan tekshirish ishlari olib borildi. Natijada, mazkur binoda tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga ulanib, hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida unga tashqi aralashish yo‘li bilan ta’sir o‘tkazib, qonunga xilof ravishda 113 mln 741 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlandi.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA