English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
12:45 / 2022-08-18

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan xududiy bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining “Qirg‘iziston Respublikasi – Farg‘ona vodiysi – Toshkent – Sirdaryo” yo‘nalishida noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida bir nechta faol tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida to‘xtatildi. 

Avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, Qirg‘iziston Respublikasidan olib kirilgan va keyinchalik Toshkent shahri orqali Sirdaryo viloyati hududiga olib borish rejalashtirilgan 4.200 dona “Regapen” va 1.000 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Toshkent shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashinaning yuk xonasidagi metan gaz balonining ichiga xufiyona tarzda yashirilgan 999 dona “Tropikamid” va 3356 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shu bilan birga, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1987 y.t. shaxs Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumani hududida qo‘lga olinib, uning yuk sumkasi ko‘zdan kechirilganda, unda 900 dona “Tropikamid” va 1.680 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Bektemir” yo‘l-patrul xizmati maskani hududida “Lasetti” rusumli avtomashina tekshirildi. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsga tegishli polietilin paketda 504 dona “Regapen”, 91 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA