French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdogarlariga hukm o‘qildi
10:43 / 2022-03-12

bugungi kunda DXX idoralari tomonidan respublikamiz yoshlari orasida iste’moli ommalashib borayotgan turli xil giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining mamlakatimizga olib kirilishi hamda sotilishiga qarshi muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, 2021 yilning oktyabr oyida Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1993 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan “K.J.” ushlanib, undan 2100 dona “Regapen” va 1515 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Aniqlanishicha, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1993 y.t., muqaddam sudlangan “Z.J.” qirg‘izistonlik kur’erlar tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga yashirin ravishda o‘tkazilgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi “K.J.”ga muntazam ravishda yuborib turgan. O‘z navbatida “K.J.” ushbu dori vositalarini poytaxt hududida sotish bilan shug‘ullangan.

Holat yuzasidan “K.J.” va “Z.J.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining hukmiga ko‘ra, ularning har biriga nisbatan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.