French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX kubogi: viloyat g‘oliblari aniqlandi
18:20 / 2023-07-31

Har yili an’anaviy o‘tkaziladigan sportning mini-futbol va futbol turlari bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari mahallalardagi yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlardan tashkil topgan jamoalar uchun o‘ziga xos turnirga aylandi.

Xususan, joriy yilda ham Qashqadaryoda qizlar va yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqalarning viloyat final bosqichi Qarshi shahridagi muhtasham “Geolog” sport majmuasida yuqori saviyada tashkil etildi.  

Murosasiz bahslarga boy o‘tgan turnirda barcha jamoalar faol ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish qildi va quyidagi natijalarni qayd etdi.  

Mini-futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Qamashi tumani Samarqand MFY jamoasiga, 2-o‘rin Muborak tumani Bo‘ston MFY jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Koson tumanidagi “Mug‘jagul” MFY o‘yinchilari band qildi. Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Shahrisabz shahar “Namaton” MFY jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-3-o‘rinlar Chiroqchi tumani Chiljivut MFY va G‘uzor tumani Amir Temur MFY jamoalariga nasib etdi.

[gallery-12970]

Turnirning eng shijoatli o‘yinlari erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqasi bo‘ldi. Bunda Shahrisabz shahri “Yangi hayot” mahallasi yoshlaridan tashkil topgan jamoa mutlaq g‘olib bo‘lib, turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Kasbi tumanidagi “Qoratepa” mahallasi jamoasi ham faol ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi. G‘uzorlik yoshlar esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.  

Final bahslari va taqdirlash jarayonlarida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar g‘olib-sovrindor jamoalarni samimiy tabriklagan holda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishda hamkorlik qilgan tashkilotchilar ham e’tirof etildi.  

Taqdirlash jarayoni haqiqiy bayram tusini oldi va poytaxtdan tashrif buyurgan estrada yuzduzlari ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib ketdi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.