Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX kubogi uchun musobaqalar boshlandi
18:39 / 2024-04-16

Toshkent viloyatida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning minifutbol va futbol turlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi.

Nurafshon shahrida tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimiga Toshkent viloyatidagi 22 ta tuman va shahardagi 1 ming 25 ta mahallaning jamoalari onlayn qatnashdi. Tadbirda qatnashgan mas’ul davlat va jamoat tashkilotlari vakillari barchaga omad tiladi. 

Shundan so‘ng ilk o‘yinlarga start berildi. Jamoalar belgilangan tartibda hududlari bo‘yicha saralash guruhlariga ajratildi. Dastlabki o‘yinlar joylardagi mahallalar jamoalari o‘rtasida bo‘ladi. 

Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyati jamoalari oxirgi ikki yilda musobaqaning Respublika o‘yinlarida ham yuqori natijalarga erishmoqda. Bo‘ka, Ohangaron, Yuqori Chirchiq tumanlari yoshlari bildirilgan ishonchni oqlashgan.

Joriy yilgi mavsumda ham mahalla yoshlari tomonidan bu musobaqada ishtirok etishga qiziqish katta bo‘lmoqda. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri