Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX kubogi uchun bo‘layotgan sport musobaqalaridan fotoreportaj
15:47 / 2023-08-21

Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida Davlat xavfsizlik xizmati kubogining final bosqichi start oldi.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilgi DXX kubogi musobaqalari respublika bo‘yicha 250 ming nafardan ortiq o‘g‘il-qizni qamrab oldi. Shuningdek, bu yilgi musobaqalar doirasida respublika bo‘yicha 98 ta futbol maydonlari va sport ob’ektlari ta’mirlandi.  

Respublika bosqichida – o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.  

[gallery-13192]

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

DXX kubogining g‘olib va sovrindorlari 26 avgust kuni ma’lum bo‘ladi.  

Muhammad AMIN (surat), O‘zA