Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“DXX kubogi” musobaqalari yakunlandi
15:39 / 2024-07-23

Qashqadaryo viloyatida mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol va futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qarshi shahridagi “Nasaf” markaziy o‘yingohida tashkil etilgan mini futbol va futbol bahslari tuman bosqichida g‘alaba qozongan yoshlar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylandi.  

Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, g‘olib jamoalarni tabriklab, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.  

[gallery-18380]

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, xotin-qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 1-o‘rin Qarshi shahrining Gungon mahallasi xotin-qizlariga, o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 1-o‘rin Qamashi tumani Yangi avlod mahallasi yoshlariga nasib etgan bo‘lsa,  o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol musobaqasida Koson tumani Arabxona mahallasi yoshlariga teng keladigan raqib topilmadi.  

Ta’kidlash lozimki, mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol va mini futbol sporti bo‘yicha “DXX kubogi” musobaqasida ishtirok etish uchun 70 ming 109 nafar yosh “5tashabbus.uz” saytidan ro‘yxatdan o‘tgan. Tuman (shahar) bosqichlarida 2 ming 484 ta jamoa ishtirok etib, viloyat bosqichida 48 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.  

Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga musobaqa kubogi, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Sevimli estrada xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari