Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX: Joylarda yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinish holatlari aniqlandi
15:25 / 2023-02-10

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Mazkur tezkor tadbir davomida Boyovut tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun noturar joy sifatida berilgan 1 gektar yer maydonining 50 sotixini turar joy qurish uchun kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 12.500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.  

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Ulug‘nor tumanida yashovchi, 1990 y.t. va Baliqchi tumanida yashovchi, 1999 y.t. ikki nafar fuqaro Ulug‘nor tumanidagi fermer xo‘jalik rahbariga go‘yoki mazkur xo‘jalik yer maydonlarida sherikchilik asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlarini aytib, uning ishonchiga kirishadi va fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonining kadastr hujjatlarini hamda fermer xo‘jalikning rasmiy muhrini qo‘lga kiritishadi.  

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur ikki nafar fuqaro ushbu 4 gektar yer maydonini 148 mln. 200 ming so‘m evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, undan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida qo‘lga olindi.  

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.  

 O‘zA