Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining III forumi o‘z ishini yakunladi
23:55 / 2021-06-23

Bugun mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, ertamiz egalarini har tomonlama yetuk, barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashovchi, intiluvchan va komil insonlar sifatida tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Uch kun davomida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining III forumi ham ayni shu vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Forum davomida Chegara qo‘shinlari harbiy qismlaridagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilarining joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglanib, yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va javobgarlik hissini yanada kuchaytirish borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Forum yakunida ishtirokchilar poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida bo‘lib, Ikkinchi jahon urushi yillarida qahramonlik ko‘rsatgan ajdodlarimizning yuksak vatanparvarlik namunalari bilan tanishdilar. 

Shundan so‘ng, faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlagan, o‘zaro tajriba almashib, ma’naviy ozuqa va katta motivatsiya olgan yetakchilar o‘z hududlari tomon qaytdilar.

Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, yorqin daqiqalar va esda qolarli onlarga boy tarzda o‘tgan forum Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining kelgusidagi ish faoliyatini muvofiqlashtirishga, ularning faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zA