French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining III forumi o‘z ishini boshladi
11:17 / 2021-06-22

Mamlakatimizda 30 iyun sanasi “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Sana doirasida “Yoshlar oyligi” tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Mazkur oylik doirasida “Yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va javobgarlik hissini kuchaytirishdagi ustuvor vazifalar” mavzusida DXX Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining III forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur forumning ochilish marosimida DXX Chegara qo‘shinlari mas’ul ofitserlari va hamkor tashkilotlar vakillari so‘z olib, bugun yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, demokratik, siyosiy-huquqiy islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoit va qulayliklar xususida so‘z yuritdilar. bugungi kunda DXX Chegara qo‘shinlarida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 12 mingdan ortiq yosh harbiy xizmatchilar a’zo ekani qayd etildi.

Forum doirasida Amir Temur nomidagi DXX Akademiyasi 2-bosqich kursanti Rafiqali Jabborovning “Sarhadimiz qahramonlari” nomli she’riy to‘plami taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, turli ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh harbiy xizmatchilarning chiqishlari ham barchada katta taassurot qoldirdi.

Bundan tashqari, uch kun davom etadigan mazkur tadbir davomida boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan 2021 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek, qatnashchilar bilan “Qo‘mondon va yoshlar uchrashuvi”, turli mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, motivatsion suhbatlar hamda poytaxtimizning diqqatga sazovor joylariga ham tashrif rejalashtirilgan.

[gallery-2876]

O‘zA