French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Chegara qo‘shinlarida yoshlar forumi davom etmoqda
20:58 / 2025-06-24

Mamlakatimizda 30 iyun – “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Sana doirasida “Yoshlar oyligi” tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Mazkur oylik doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining navbatdagi forumi davom etmoqda. Mazkur forum mamlakatimizning turli hududlaridagi Chegara qo‘shinlari harbiy qismlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarini bir joyga jamladi.  

[gallery-24035]

Forumning ikkinchi kunida Chegara qo‘shinlaridagi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yoshlarda vatanparvarlik, mas’uliyat va javobgarlik hissini yanada kuchaytirish borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tadbir doirasida “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

Ishtirokchilar ayni damda tamomila yangi qiyofa kasb etgan DXX Chegara qo‘shinlari muzeyini tomosha qildi. Eksponatlar, chegara tushunchasining paydo bo‘lishi, uning taraqqiyot bosqichlari va shonli tarixi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shundan so‘ng DXX Chegara qo‘shinlari klubida “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmini tomosha qilishdi.

Kamola Yusupova,

O‘zA