Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX Chegara qo‘shinlari 1 mln. AQSH dollarining noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi
10:02 / 2022-06-25

Joriy yilning 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasi hududida xizmat o‘tayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valyutani mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi.

Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan 1 mln. AQSH dollarini Qirg‘iziston Respublikasiga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.