Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXX 31,2 kilogramm giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi 
10:12 / 2021-09-29

DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston hududiga Amudaryo orqali noqonuniy o‘tgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi.

Tekshiruv jarayonida uning yonida 9 kg. 84 gr. opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Surxondaryoda kuzatilgan yana bir holatda viloyatning Uzun tumani va Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi 3 nafar shaxs 6 kg. 80 gr. gashish moddasini 30 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «KIA-Bongo» rusumli avtomashina Samarqand viloyatining «Yuqori nuqta» YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, unda ketayotgan Samarqand shahrida yashovchi 2 nafar shaxsga tegishli 5 kg. 953 gr. «opiy» giyohvand moddasi borligi aniqlandi hamda protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Jizzax-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Nexia-3» rusumli avtomashina Toshkent shahriga kiruvchi «Erkin» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Baxmal tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs yonida 2 kg. 818 gr. opiy giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida yashovchi, 1976 y.t. shaxs boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinada 80 gr. gashish giyohvand moddasi borligi aniqlandi. Surishtiruv harakatlari davomida u mazkur moddani 1975 y.t., muqaddam sudlangan tanishidan sotib olganligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham qo‘lga olindi. Uning «Captiva» rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, 5 kg 219 gr. gashish moddasi borligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Yana bir holatda qariyb 2 kg. gashish moddasini sotish maqsadida Qo‘qon shahriga olib ketayotgan Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1986 y.t. fuqaro DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida musodara qilingan jami 17 kg. 855 gr. «opiy» va 13 kg. 379 gr. gashish giyohvand moddalarining aksariyati Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida ularning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

DXX matbuot xizmati