Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXSh loyihasi suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga qaratildi
10:01 / 2019-10-11

U 2020 yilning birinchi choragida yakunlanadi.


OTBning maslahat missiyasi hamda “FCGInternationalLtd.” xalqaro ekspertlar konsorsiumi, “Grant Tornton”ning texnik va moliyaviy maslahatchilari Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida DXSh loyihasining texnik-iqtisodiy tadqiqotlarini tayyorlash bo‘yicha birinchi bosqich ishlarni boshladi. U 2020 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Ushbu shaharlarda suv ta’minoti va suv chiqarish loyihalarini tayyorlash va tuzishda Osiyo taraqqiyot banki hukumatga maslahatchi etib tayinlangan. 

Mazkur loyihada maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi uchun 2019 yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki hamda DXSh agentligi o‘rtasida Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti infratuzilmasini tiklash, ulardan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston shahar suv-oqava tizimini yaxshilash bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha” memorandum imzolangan.

Maslahat xizmatlari DXSh asosidagi loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va xaridlarni tayyorlashdan iborat bo‘lib, OTB ushbu loyihani amalga oshirish uchun 2.6 million dollar grant ajratdi.

Missiya doimiy ravishda O‘zbekistonda ish olib boradi. Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, hokimliklar, DXSh agentligi bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha 6-8 oy uchun mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.

Davlat rahbarining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini boshqarishni DXSh loyihasi asosida amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mazkur loyihani amalga oshirishga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Samarqand, Buxoro, Namangan, Qarshi shaharlari xokimligi, DXSh agentligi mas’ul qilib belgilangan. 2020 yilda mazkur loyiha bo‘yicha Davlat-xususiy sherikligi bitimini imzolash va uni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.