Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXM yangi binoda ish boshladi
16:06 / 2020-06-30

Surxondaryo viloyati Angor tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.


Surxondaryo viloyati Angor tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Dunyoga chang solgan pandemiya tufayli mamlakatimizda joriy qilingan karantin talablariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, soha xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur inshoot davlat xizmatlari markazi uchun viloyatda barpo etilgan toʻqqizinchi bino sanaladi. Ikki qavatli muhtasham inshootda fuqarolar uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Mijozlar uchun kutish joylari va ularga 130 dan ortiq tezkor xizmat koʻrsatish oynalari barpo etilgan. Kutubxona va bolalar xonasi mavjud. Info-kiosk va elektron navbat olish terminali oʻrnatilgan.

Fuqarolarning ogʻirini yengil qilish va ularga barcha sohalarda ochiq xizmat koʻrsatishga moʻljallangan yangi binoda Xalq qabulxonasi, Tadbirkorlar qabulxonasi, tuman FXDYO boʻlimi ham joylashgan.

Joriy yilning oʻtgan davrida Angor tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ming 784 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Zamonaviy binoning ishga tushirilgani huquqiy va jismoniy shaxslarga belgilangan xizmatlar koʻrsatish sifatini yana-da oshiradi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov soʻzga chiqdi.