Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«DXM-mahalla-fuqaro» tamoyili amalda...
11:41 / 2020-12-28

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan birqator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyatdagi barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limlari bilan kelishuvlar imzolangan bo‘lib, shu asosida viloyatdagi barcha mahallalarni qamrab olgan holda «DXM-mahalla-fuqaro» tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlar jadvali ishlab chiqildi.

Mazkur jadvalda belgilangan mahallalarda, markaz xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va fuqarolar ishtirokida o‘quv-seminar tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Uchrashuvlarda mahalla fuqarolari o‘rtasida davlat xizmatlari yuzasidan «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi», «Tezkor, qulay va shaffof xizmatlar» tamoyillariga ko‘ra, davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmini aholiga tushuntirish, bu orqali aholi orasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirish targ‘ib qilib borilmoqda.

Bu kabi tadbirlar DXM xodimlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham o‘tkazilmoqda.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Xorazm viloyatida jami 519 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, qisqa vaqt ichida, shulardan 120 tasida amaliy tadbirlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga davlat xizmatlaridan foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, aholiga kulaylik yaratish maqsadida tadbirlar davomida fuqarolarga mobil davlat xizmatlari ham ko‘rsatilib kelinmoqda.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mahallalarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida fuqarolarga jami 846 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar, tizim tashkilotlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligining dalolatidir. Umuman olganda Davlat xizmatlari agentligining asosiy maqsadi, aholiga turli to‘siqlarsiz va ortiqcha hujjatlarsiz davlat xizmatlari ko‘rsatishdan iboratdir. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning bari yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan ko‘ngli to‘lib va unumli foydalanishlari yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlardir. Zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim».

 Davlat xizmatlari agentligi

 Xorazm viloyat boshqarmasi axborot xizmati