Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXA Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mahallalarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda
17:22 / 2021-08-10

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumanidagi «Bog‘ubo‘ston» va «Akbarobod» mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida mahallabay o‘rganishlar doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Aholini qiynab kelayotgan muammolarni yechim topish maqsadida turli mutasaddi tashkilot vakillari uyma-uy yurib, fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, hayot tarzini o‘zgartirish bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, mavjud muammolar joyida bartaraf etilmoqda.

Mazkur ezgu amal va xayrli ishga Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi ham yelkadosh. Hududdagi Davlat xizmatlari markazi xodimlari «Bog‘ubo‘ston» va «Akbarobod» mahallalariga maxsus mobil ofisda aholi murojaatlariga javob topdilar. To‘g‘risi, har bir xonadon dardi va tashvishi aridi.

Xuddi shunday, Yunusobod tumanida ham davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aholi bilan ishlashning mahallabay tizimi tashkil etildi. Ushbu tizimning afzalliklari shundaki, endi har bir mahallada tadbirkorlik muhiti bilan tanishish va aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan aholi vakillari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarni, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarning davlat xizmatlari bilan bog‘liq muammolari to‘liq o‘rganildi. Natija esa ko‘ngildigidek...

Ko‘rsatilgan sayyor davlat xizmatlarning aksariyat qismi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatida o‘tkazdilar. Kim bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘ydi, kim uy-joy kommunal xo‘jalik sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalandi. Yana birov ipoteka krediti asosida uy-joy sharoitini yaxshilashga qaratilgan davlat subsidiyasini olish uchun ariza tashladi.

Aytmoqchi mahallalarda sayyor davlat xizmatlari davom etmoqda. Davlat xizmatiga ehtiyojingiz bo‘lsa, albatta, tashrif buyuring.

O‘zA