Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXA Navoiy viloyat boshqarmasi: “O‘ztransgaz” 200 ta murojaat muddatini buzgan
12:07 / 2021-01-25

Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga davlat xizmatiga ishi tushib, ehtiyoji qanoatlanmagan murojaatchining baland ovozda “...tomosha ko‘rniki, zamona zo‘rniki bo‘ldimi?...” degan gap so‘zlar odamni e’tiborini jalb etmay qo‘ymaydi.

“Kaltakning ikki uchi bor”, deganlaridek, fuqaroga yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik vakolatli idora aybi bilan sodir etilganini qancha tushuntirilmasin, befoyda. Chunki, murojaatchi ariza tashlagan idorasidan haq-huquqini talab qiladi. To‘g‘risini aytganda arizachi haq edi. Tizimda doimo fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari himoyasida ko‘rsatilayotgan 148 turdagi davlat xizmati yuzasidan maxsus xabar va fuqarolarning ariza shikoyatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkaziladi.

2020 yil davomida jami pandemiya bo‘lishiga qaramay viloyat bo‘yicha 15 ta tashkilotda o‘rganish o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida jami 842 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga jami 44 ta taqdimnoma, 189 nafariga ogohnomalar kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar ta’sir chorasi natijasida vakolatli idoralarning 48 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 6 nafari bilan mehnat shartnoma bekor qilindi. Shuningdek, boshqarma tomonidan 100 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Qoidabuzar tashkilotlarning eng peshqadami “O‘ztransgaz” korxonasi. Bu korxona aholiga davlat xizmatini ko‘rsatishda 200 ta murojaat muddatini buzgan. Keyingisi Soliq idorasi- 144 ta fuqaroning haq-huquqlari, to‘g‘rirog‘i tadbirkorlarning imkoniyatini cheklagan. Uchinchi lider tashkilot - 111 nafar arizachining davlat xizmat olishdagi huquqlarini buzgan idora hisoblanadi. Bu Sog‘liqni saqlash boshqarmasidir. Afsuslanarli tomoni, 74 ta murojaatda tijorat banklari aholini sarson qilgan, kutishga majbur qilgan. Hokimlik va ichki ishlar mutasaddilar ham qatordan quruq qolmaganlar, har ikki idora 36 tadan qoidabuzarlik sodir etgan. Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar 58 ta murojaat muddatini buzgan. Ro‘yxatda kadastr, maktabgacha ta’lim tashkiloti, energiya ta’minoti, bandlik, qurilish va arxitektura, ijtimoiy ta’minot idoralari ham bor.

Aslida tizim odamlarning yugur-yuguriga chek qo‘yish bois tuzilgan. Xalqqa oson bo‘lishi, bir enlik hujjat uchun oylab yurmasligi maqsadida tashkil etilgan. Murojaatlar yechimida qo‘l-qo‘lni tanimasligi, inson omilining aralashuvisiz hujjatlar egalariga yetib borishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinayotgan bir paytda tizimga integratsiyalashgan idoralarning bu “o‘yini” ortiqcha. Endi uylab ko‘ring, vakolatli idora vakillari aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatini ko‘rsatishda qoidabuzarlik holatini takrorlayversa, tayoqning har ikki uchi bir soha vakillariga tegaversa, tomosha ko‘rniki, zamon zo‘rniki bo‘lavermaydi?. Xulosa chiqarish o‘zingizdan. Qoidabuzar idora vakillari birinchi marta ogohlantiriladi, ikkinchi marta jarimaga tortiladi, uchinchi marta tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi, to‘rtinchisida ishidan ayriladi. Yuqoridagi 6 nafar mehnat shartnomalari bekor qilingan xodimlar kabi....

Adxam YARKULOV,

DXA Navoiy viloyati boshqarmasi

bo‘lim boshlig‘i