Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DXA ko‘magi bilan bir oilaning uch muammosi yechim topdi.
10:13 / 2021-12-08

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasiga Nurobodlik X.M.dan murojaat yo‘llangan.

Mazkur masala boshqarma boshlig‘ining shaxsiy nazorati ostida batafsil o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha X.M. bugungacha turmush o‘rtog‘i bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelgan. Shuningdek, u ikki nafar voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganligini o‘z vaqtida qayd ettirmagan. Oqibatda, ularga otalik ham belgilanmay qolgan.

Boshqarma mutaxassislari tomonidan fuqaroga tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Tuman FHDYO bo‘limi yordami bilan uning ikki nafar farzandiga tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma olinib, bolalarning tug‘ilganligi qayd qilindi va tegishli guvohnomalar berildi.

Aytish joizki, mutaxassislar tomonidan berilgan huquqiy ko‘mak natijasida ayni kunda er-xotin tuman FHDYO bo‘limiga rasmiy nikohdan o‘tish uchun ariza bergan. Bu esa oilaning hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanishi uchun huquqiy asos bo‘ladi.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati