DXA Jizzax viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Akmal Ergashev DXA Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari No‘’mon Muhammadiyev so‘zga chiqdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA