Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dushanbeda xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivali o‘tkaziladi
14:39 / 2026-03-10

Joriy yilning oktabr oyida Tojikiston poytaxti Dushanbeda XIII “Chodari xayol” xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda axborot hamkorimiz - “Xovar” ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, festivalda mintaqamiz davlatlari, shuningdek, Rossiya, Belarus, Armaniston va boshqa mamlakatlar qo‘g‘irchoq teatrlari eng sara sahna asarlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Tashkilotchilar aytishicha, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – qo‘g‘irchoq teatri sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tojik an’anaviy qo‘g‘irchoq teatrini tiklash va rivojlantirish, shuningdek, yosh avlodning estetik tarbiyasiga hissa qo‘shishdan iborat.

Xabarga ko‘ra, “Chodari xayol” festivali avvalo, bolalar uchun bayramona madaniy tadbir bo‘lib, u turli o‘lkalar san’atkorlari o‘rtasida tajriba almashish va yangi sahna asarlarining yaratilishiga ham xizmat qiladi.

D.Hakimov, O‘zA